
2023-yilning sentabrida O‘zbekiston Milliy banki OZ PLANET faktoring onlayn-platformasiga ulandi. Endilikda NBU’dan faktoringni bankka bormasdan, mutlaqo masofaviy formatda rasmiylashtirish mumkin. Bank korporativ mijozlar va kichik va o‘rta biznes mijozlarini moliyalashtirish bozorida eng yaxshi shartlarda 90 kungacha bo‘lgan muddatga garovsiz onlayn faktoringni taqdim etadi.
Talabnomalarni onlayn rasmiylashtirish va yetkazib berish uchun muddatidan oldin to‘lovni olish tartibi mijozlarga bank mablag‘laridan foydalanishni sezilarli darajada soddalashtiradi, ularga biznesni yanada samarali boshqarish, yetkazib berish hajmini oshirish imkonini beradi.


