
Kompaniya 2022-yilning avgustida tashkil etilgan, o‘sha yili OZ PLANET dasturiy mahsulot va brendi ro‘yxatdan o‘tgan edi. OZ PLANET faktoring onlayn-platformasi – biznesga mablag‘ni masofaviy formatda turib olish imkonini beradigan O‘zbekiston bozori uchun yagona taklif.
2022-yil 22-sentabrda OZ PLANET kompaniyasi O‘zbekiston axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun yagona erkin iqtisodiy zona – IT Park rezidentiga aylandi. Loyiha ishtirokchilari qatoriga qo‘shilish OZ PLANET startap-loyihasini samarali ishga tushirish va bozorga olib chiqishga xizmat qiladi.


