
O‘zbekiston Respublikasi tarixida birinchi marta faktoring to‘liq raqamli formatda rasmiylashtirildi! 2024-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston Milliy banki OZ PLANET platformasida yetkazib beruvchiga faqat fintex platformasi funksiyasidan foydalangan holda qog‘oz hujjatlarsiz va shaxsiy uchrashuvlarsiz mablag‘ ajratdi.
Dastlabki bitimning muvaffaqiyati ishtirokchilarga raqamli faktoringni rasmiylashtirish jarayonining osonligi va shaffofligini namoyish etdi. O‘zbekiston Milliy Banki bankning platforma va umuman raqamli faktoring bilan hamkorlik istiqbollarini ijobiy baholadi.


