2024-yil 12-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-109-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, faktoringni moliyalashtirish sohasidagi xizmatlar endilikda nafaqat banklar, balki faktoring tashkilotlari tomonidan ham ko‘rsatilishi mumkin (ularni Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tkazish va nobank kredit tashkiloti sifatida reestrga kiritish sharti bilan).

Bundan tashqari, 2025 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

  • norezidentlar bilan chet el valyutasida faktoring operatsiyalarini amalga oshirish;
  • faktoring shartnomalari (refaktoring) bo‘yicha sotib olingan pul talablarini qayta sotish;

va shuningdek:

  • pul talabini boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlashni buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi;
  • pul talabini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bildirishnomalar garov reestrida ro‘yxatga olinadi;
  • qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasini va to‘lov mamlakatini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydi.

Shuningdek, professional hamjamiyatni rivojlantirish, faktoringni ommalashtirish va rivojlantirish, xalqaro faktoringni joriy etish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Farmonda elektron faktoringni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi – Prezident Markaziy bankning Faktoring xizmatlarining elektron platformasini joriy etish to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi.

Barcha nashrlar