
2024-yil 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida OZ PLANET faktoring platformasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Markaziy bank Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Abrorxo‘ja Akbarovich Turdaliyevga O‘zbekistondagi birinchi multifaktorli fintex-platforma OZ PLANET (https://go.ozplanet.uz/) taqdim etildi. OZ PLANET kompaniyasining CVO Natalya Rodionova raqamli platforma orqali faktoringni olishning to‘liq tsiklini namoyish etdi. Boshqaruv raisining o‘rinbosari Turdaliyev faktoring bozorining barcha ishtirokchilariga zamonaviy IT-vositalarni taqdim etayotgan OZ PLANET raqamli platformasining ahamiyatini alohida ta’kidladi.


