
2024-yil aprel oyida SQB bank ("O‘zsanoatqurilishbank" ATB) ni OZ PLANET raqamli platformasiga ulash jarayoni yakunlandi. Endilikda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi korxonalarga SQB tomonidan masofadan turib qulay shartlarda faktoring moliyalashtirish imkoniyati yaratildi. Bank 120 kungacha bo‘lgan muddatga garovsiz faktoringni taqdim etadi.
Bankning strategik maqsadlaridan biri operatsion samaradorlikni oshirish va jarayonlarni raqamlashtirish hisoblanadi. Faktoring xizmatini raqamli shaklda taqdim etish ushbu maqsadga erishishga yordam beradi, moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi, butun faktoring jarayonini avtomatlashtiradi (shaxsiy uchrashuvlarsiz, ERI bilan elektron hujjat aylanishi) va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi. Faktoring kabi xaridorgir moliyaviy vositani takomillashtirish orqali bank kichik va o‘rta kompaniyalarga moliyaviy oqimlarni boshqarishda va to‘lovlarning kechikish xavfini kamaytirishda yordam beradi.
SQB banki ("O‘zsanoatqurilishbank" ATB) O‘zbekiston Respublikasining eng qadimgi banklaridan biri hisoblanadi. 1922-yilda Savdo-sanoat bankining Toshkentdagi O‘rta Osiyo idorasi sifatida tashkil etilgan bank bir qator o‘zgarishlarni boshidan kechirdi va xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini, birinchi navbatda, sanoat binolari qurilishini moliyalashtirdi. 2009-yilda bank "O‘zsanoatqurilishbank" ATB nomini oldi, 2018-yilda esa bank rebrendingni amalga oshirdi va SQB nomini oldi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining ayrim korxonalari bankning asosiy aksiyadorlari hisoblanadi.
SQB banki keng ko‘lamli chakana xizmatlar ko‘rsatadi, kichik va o‘rta biznesni kreditlaydi, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtiradi. Bank neft-kimyo, biokimyo va neft-gaz tarmoqlari obyektlari, shuningdek, gaz-kimyo majmuasi qurilishiga ko‘maklashadi. Qazish, mashinasozlik va transport tarmoqlarini, yengil sanoatni va qurilish kompleksini moliyalashtiradi. Bank sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va shaharni ko‘kalamzorlashtirish sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirish orqali hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shmoqda. Respublika hududlarining barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.


